Asosiy materiallarga o‘tish

YOSHLARNING SAVOLLARI

Ota-onalarning qoidalariga chindan ham muhtojmizmi?

Ota-onalarning qoidalariga chindan ham muhtojmizmi?

 Ota-onangiz o‘rnatgan qoidalarga amal qilish siz uchun qiyinmi? Unday bo‘lsa, bu maqola va unga keltirilgan o‘quv daftari mazkur mavzu bo‘yicha ular bilan gaplashib olishingizga ko‘maklashadi.

 To‘g‘ri nuqtai nazar

 Noto‘g‘ri fikr: alohida yashasangiz, hamma qoidalardan qutulasiz.

 To‘g‘ri fikr: alohida yashasangiz, qoidalardan qutulmaysiz. Negaki, baribir, ehtimol boshlig‘ingiz, ijaraga uy beradigan kishi yoki hatto hukumat oldida javobgar bo‘lasiz. 19 yoshli Deniella shunday dedi: «Menimcha, ota-onasining qoidalariga amal qila olmaydigan yoshlar alohida yashay boshlaganda ham jiddiy muammolarga duch keladi».

 Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Hukumat-u hokimiyatlarga itoat qiling». (Titusga 3:1) Ota-onangizning qoidalariga amal qilishga o‘rgansangiz, yoshingiz ulg‘ayganda ham bu hayotingizning boshqa sohalarida asqatadi.

 Qanday yo‘l tutishingiz mumkin? Qoidalarning foydali tomonlarini ko‘rishga o‘rganing. 23 yoshli Jeremi quyidagicha bo‘lishdi: «Ota-onam o‘rnatgan qoidalar yordamida yaxshi do‘st tanlashga hamda vaqtimni to‘g‘ri sarflashga o‘rgandim. Qolaversa, haddan tashqari ko‘p vaqtimni televizorga va ko‘pgina video o‘yinlariga ketkazmas edim, aksincha uni foydaliroq mashg‘ulotlarga sarflardim. Ularning ayrimlari menga hozir ham zavq keltiradi».

 To‘g‘ri munosabat

 Bordi-yu, qandaydir qoida sizga ma’nosizday tuyulayotgan bo‘lsa-chi? Masalan, 20 yashar Tamara shunday dedi: «Ota-onam boshqa mamlakatga sayohat qilib kelishimga ruxsat berishdi, ammo hozir uyga qaytganimda, yo‘liga atigi 20 daqiqa ketadigan shaharga mashina haydab borishimga ruxsat berishmaydi».

 Siz ham shu kabi vaziyatga duch kelgan bo‘lsangiz, ota-onangiz o‘rnatgan qoida borasida gaplashib ko‘rish noto‘g‘rimi? Hech ham. Buning siri shundaki, bu haqida ular bilan qachon va qay tarzda gaplashishdadir.

 Qachon. «Faqatgina mas’uliyatli inson sifatida ota-onangizning ishonchini qozonsangiz, ular o‘rnatgan biron qoidani o‘zgartirish borasida gaplasha olasiz»,— dedi 17 yoshli Amanda.

 22 yoshli Darya bu so‘zlarga qo‘shiladi. U: «Men onamni muntazam ravishda quloq solganimdan keyingina, ularni o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘rgan»,— dedi. Unutmangki, ishonchni talab qilish emas, qozonish mumkin.

Ota-ona o‘rnatgan qoidalar bo‘yicha yashamaslik, xuddi havoda uchish qoidalariga amal qilinmaydigan aeroportda samolyotni qo‘ndirishday

 Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Otang buyrug‘ini bajo keltir, onang o‘gitlarini rad etma». (Hikmatlar 6:20) Ushbu maslahatga amal qilsangiz, ota-onangizning ishonchini qozonasiz va ular bilan suhbatlashish osonroq kechadi.

 Qay tarzda: 20 yoshli Stiven shunday dedi: «Ota-onangiz bilan gaplashayotganda, ming‘irlashdan va baqir-chaqir qilishdan ko‘ra, ularga hurmat ila murojaat qilish va tinchlik saqlash yaxshiroqdir».

 Yuqorida tilga olingan Darya bu fikrga qo‘shiladi. U quyidagicha dedi: «Onam bilan bahslashaverganimda, hech nima o‘zgarmasdi. Aksincha, undan ham qat’iyroq qoidalarni o‘rnatardi».

 Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Nodon bor his-tuyg‘ulariga erk beradi, dono bo‘lsa vazminlik ila ularni nazorat qiladi». (Hikmatlar 29:11) O‘zimizni nazorat qilishga o‘rgansak, katta foyda topamiz va bu nafaqat uyda, balki, maktab, ish va hamma joyda qo‘l keladi.

 Qanday yo‘l tutishingiz mumkin? Gapirishdan avval o‘ylab ko‘ring. Jahlni sochish qozongan ishonchni yo‘qqa chiqaradi. Bekorga ham Muqaddas Kitobda: «Jahlini tiygan aql-idroklidir»,— deyilmagan. (Hikmatlar 14:29)

 Maslahat: Bu maqolaga keltirilgan o‘quv daftaridan foydalaning va kerak bo‘lsa, mazkur mavzuni ota-onangiz bilan muhokama qiling.