Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

103-DARS

«Shohliging kelsin»

«Shohliging kelsin»

Yahova shunday va’da bergan: «Ko‘z yosh, og‘riq, kasallik va o‘lim boshqa bo‘lmaydi. Men odamlarning ko‘zidagi har qanday yoshni artib olaman. Avvalgi yomon narsalarning bari unutiladi».

Yahova Odamato bilan Momohavoni tinchlikda va baxtli yashashi uchun Adan bog‘iga joylashtirgan edi. Ular samoviy Otasiga topinishi va yer yuzini farzandlari bilan to‘ldirishi kerak edi. Afsuski, Odamato bilan Momohavo Yahovaga itoat etmadi. Shunga qaramay, Xudoning niyati o‘zgargani yo‘q. Yahova Ibrohimga va’da berganiday, Uning Shohligi yer yuziga ajoyib barakalar keltiradi.

Yaqinda Shayton, uning jinlari va barcha yomon odamlar yo‘q qilinadi. Hamma faqat Yahovaga topinadi. Biz kasal bo‘lmaymiz va o‘lmaymiz. Aksincha, har kuni kuch-quvvatga to‘lib uyg‘onamiz va baxtli hayot kechiramiz. Yer yuzi jannatga aylanadi. Hammaning mazali oziq-ovqati va xavfsiz uyi bo‘ladi. Odamlar qo‘pol va shafqatsiz emas, mehribon bo‘lishadi. Yovvoyi hayvonlar bizdan, biz esa ulardan qo‘rqmaymiz.

Yahova o‘lganlarni tiriltira boshlashi ajoyib hodisa bo‘ladi. Biz Hobil, Nuh, Ibrohim, Sora, Muso, Rut, Ester va Dovud kabi o‘tmishda yashagan kishilarni kutib olamiz. Ular biz bilan birga Yerni jannatga aylantirishadi. Biz doim qiziqarli ishlar bilan mashg‘ul bo‘lamiz.

Yahova siz ham jannatda yashashingizni istaydi. O‘shanda siz U haqda hozirgidan ham ko‘proq narsalarni bilib olasiz. Keling, Yahova bilan do‘stligimizni har kuni, hozir va toabad mustahkamlab boraylik!

«Ey Allohimiz Yahova, Sen shon-sharaf va kuch-qudratni egallashga loyiqsan, chunki Sen butun borliqni yaratding va hamma narsa Sening irodang ila yaratilgan va mavjuddir». (Vahiy 4:11)