Asosiy materiallarga o‘tish

TASODIFMI YOKI IJOD MAHSULIMI?

Likopchasimon mollyuska tishlarining tuzilishi

Likopchasimon mollyuska tishlarining tuzilishi

Oddiygina likopchasimon mollyuska suvda yashaydigan chig‘anoqdir. Uning chig‘anog‘i konussimon bo‘lib, juda ham mustahkam tishlari bor. Ular ingichka va zich joylashgan tolalardan tashkil topgan. Bu tolalarning asosi yumshoqroq protein bo‘lgan gyotit nomli og‘ir mineraldan iborat.

O‘ylab ko‘ring. Mollyuskaning og‘zidagi tilga o‘xshash tishsimon a’zosi bir necha qator bukilgan tishlar bilan qoplangan bo‘lib, har bir tishning uzunligi bir millimetrga ham yetmaydi. Bu a’zo qirg‘ich sifatida xizmat qiladi. Mollyuska oziqlanayotganida qoyalardagi dengiz o‘tlarini qira olishi uchun har bir tishi juda mustahkam va qattiq bo‘lishi lozim.

Tadqiqotchilar likopchasimon mollyuskaning tishlari qanchalik mustahkam ekanini aniqlash maqsadida juda kuchli mikroskop yordamida tekshiruv o‘tkazishdi. Bu tadqiqotning natijasiga ko‘ra, likopchasimon mollyuskaning tishlari ular oldin aniqlagan har qanday biologik materialdan <uF302> hatto o‘rgimchak to‘ridan mustahkamroq ekan. Bosh tadqiqotchi quyidagicha ta’kidladi: «Likopchasimon mollyuskaning tishlari qanday tuzilganiga qarab, o‘z ixtirolarimizni yaratish borasida o‘ylab ko‘rishimiz kerak».

Tadqiqotchilarning fikricha, likopchasimon mollyuska tishlarining tuzilishining sintetik versiyasi mashina, qayiq, samolyot va hatto tishlarni davolashda qo‘llanilishi mumkin.

Nima deb o‘ylaysiz? Likopchasimon mollyuska tishlarining tuzilishi evolyutsiya natijasida paydo bo‘lganmi? Yoki ijod mahsulimi?