Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Donolikni topa olasiz!

Donolikni topa olasiz!

«Muqaddas Yozuvlarning hammasi Xudo tomonidan ilhomlantirilgan». (2 Timo‘tiyga 3:16) Bu oyatdagi «ilhomlantirilgan» so‘zi Qodir Alloh O‘z fikrlarini Muqaddas Kitobni yozgan kishilarning ongiga solganini anglatadi.

Xudo sizga Uning donoligiga ega bo‘lishni taklif qilyapti

«Men Yahova,.. sening manfaatingni ko‘zlab ta’lim beraman, yurishing kerak bo‘lgan yo‘ldan yetaklayman. Qaniydi amrlarimga diqqatli bo‘lganingda edi! Xotirjamliging go‘yo daryoday, odilliging dengiz to‘lqinlariday bo‘lardi». (ISHAYO 48:17, 18)

Ushbu so‘zlarni Xudoning shaxsan sizga aytgan taklifiday qabul qiling. U xotirjamlig-u abadiy baxtga ega bo‘lishingizni istaydi va bunda sizga yordam bera oladi.

Allohning donoligini topa olasiz

«Avvalo barcha xalqlarga xushxabar e’lon etilishi lozim». (MARK 13:10)

«Xushxabar»ga Yahovaning azob-uqubatlarga chek qo‘yish, yer yuzini jannatga aylantirish hamda o‘lgan yaqinlarimizni hayotga qaytarish haqidagi va’dalari kiradi. Yahovaning Shohidlari Muqaddas Kitobga asoslangan ushbu xabarni dunyo bo‘ylab va’z qilishyapti.