Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bizni Xudoga yaqinlashtiradigan bilim

Bizni Xudoga yaqinlashtiradigan bilim

Yaratuvchimiz nafaqat qudrat, balki boshqa yoqimli fazilatlarga ham ega. Xudo Uni tanib-bilishimizni va Uning do‘sti bo‘lishimizni istaydi. (Yuhanno 17:3; Yoqub 4:8) Shuning uchun U O‘zi haqida ko‘p narsalarni ochib bergan.

Allohning ismi bor

«Xalqlar isming Yahova ekanini, zamin uzra yolg‘iz Sen Alloh Taolo ekaningni bilib olsin». (ZABUR 83:18)

Muqaddas Kitobda Yahova tanho haq Xudo ekani aytilgan. U koinotning va barcha tirik mavjudotlarning Yaratuvchisidir. Faqatgina Alloh topinishimizga loyiq. (Vahiy 4:11)

Yahova — sevuvchi Xudo

«Allohning O‘zi sevgidir». (1 YUHANNO 4:8)

Yahova Muqaddas Kitob hamda yaratgan ijodlari orqali O‘zining ko‘plab fazilatlarini ochib bergan. Sevgi — Uning asosiy fazilatidir. Uning barcha ishlari sevgiga asoslangan. Yahova haqida qancha ko‘p bilib olsak, Unga bo‘lgan sevgimiz shuncha oshadi.

Yahova — kechirimli Xudo

«Sen kechirishga tayyor... Xudosan». (NAXIMIYO 9:17)

Yahova nomukammal ekanimizni biladi, shuning uchun U bizni «kechirishga tayyor». Agar Undan kechirim so‘rasak va yomon ishlarni qilmaslikka astoydil intilsak, U bizni kechiradi hamda o‘tmishda qilgan gunohlarimiz uchun jazolamaydi. (Zabur 103:12, 13)

Yahova Unga ibodat qilishimizni istaydi

«Yahova Uni chaqirayotgan kishilarga... yaqindir... Ularning faryodini eshitadi». (ZABUR 145:18, 19)

Yahova Unga topinishimizda muayyan diniy marosimlarga amal qilishimizni yoki tasvirlar va boshqa narsalardan foydalanishimizni talab qilmaydi. U aziz farzandlarini tinglaydigan mehribon ota-ona kabi bizning ibodatlarimizni tinglaydi.