Asosiy materiallarga o‘tish

Yahovaning Shohidlari Eski ahdni tan olishadimi?

Yahovaning Shohidlari Eski ahdni tan olishadimi?

 Ha. Yahovaning Shohidlari «Muqaddas Yozuvlarning hammasi Xudo tomonidan ilhomlantirilgan bo‘lib,.. foydali» ekaniga ishonishadi. (2 Timo‘tiyga 3:16) Muqaddas Yozuvlarning hammasi odatda Eski va Yangi ahd deb nomlanadigan ikkita qismdan iborat. Ko‘pincha Yahovaning Shohidlari Muqaddas Kitobning bu ikkita qismini Ibroniycha va Yunoncha yozuvlar deb atashadi. Shu yo‘sin, Muqaddas Kitobning qaysidir qismi eskirib va boshqa kerak emas degan fikrga yetaklamaydi.

Nega masihiylar uchun ham Eski, ham Yangi ahd muhim?

 Havoriy Pavlus ilohiy ilhom ostida shunday deb yozgan: «Qadimda Muqaddas Yozuvlarda aytilgan barcha narsalar nasihat olishimiz uchun yozilgan». (Rimliklarga 15:4) Demak, Ibroniycha yozuvlarda biz uchun foydali ma’lumotlar bor. Boz ustiga, qiziqarli tarixiy voqealar va amaliy maslahatlarni bilib olamiz.

  •   Voqealarga boy tarix. Ibroniycha yozuvlarda borliq yaratilishi va insonlar qay yo‘sin gunohkor bo‘lib qolgani haqida batafsil yozilgan. Bu ma’lumotsiz: «Biz qayerdan paydo bo‘lganmiz? Nega odamlar o‘ladi?» kabi savollarga qoniqarli javoblar ololmasdik. (Ibtido 2:7, 17) Ustiga-ustak, Yahova Taolo biz kabi xursandchilik va qiyinchilik kunlarini boshdan kechirgan insonlar bilan qanday muomala qilgani to‘g‘risida bilib olyapmiz. (Yoqub 5:17)

  •   Amaliy maslahat. Muqaddas Yozuvlardagi Hikmatlar va Voiz kitoblari asqatadigan bitmas-tuganmas dono maslahatlardan iborat. Qay yo‘sin oilaviy hayotimizni baxtli qila olishimiz (Hikmatlar 15:17), ishga nisbatan to‘g‘ri nuqtai nazar saqlashimiz (Hikmatlar 10:4; Voiz 4:6) va o‘smirlar yoshlik davri qayg‘u-alam emas, zavq keltirishi mumkinligi borasida yaxshi maslahatlar bor. (Voiz 11:9–12:1)

 Qolaversa, Tavrotda (Muqaddas Yozuvlarning ilk beshta kitoblari) yozilgan Musoning Qonunini ham o‘rganish ko‘p foyda keltirishi mumkin. Garchi bu qonun masihiylarga tegishli bo‘lmasa ham, u yerdagi bebaho prinsiplar baxtli hayotga yetaklaydi. (Levilar 19:18; Qonunlar 6:5–7)