Asosiy materiallarga o‘tish

Yahovaning Shohidlari boshqa din ishlariga aralashadimi?

Yahovaning Shohidlari boshqa din ishlariga aralashadimi?

 Yahovaning Shohidlari e’tiqod borasida turli din vakillari bilan bajonidil suhbatlashadi. Lekin boshqa dinlar bilan hamkorlik qilishmaydi, ya’ni e’tiqodi farq qiladigan insonlarga qo‘shilib Xudoga topinishmaydi. Muqaddas Kitobga ko‘ra, Xudoning chinakam xizmatchilari «o‘zaro birikkan» bo‘lishi kerak. Buning uchun avvalo ularning e’tiqodi uyg‘un bo‘lishi darkor. (Efesliklarga 4:16; 1 Korinfliklarga 1:10; Filippiliklarga 2:2) Bunga sevishdan, mehr-shafqatli va kechirimli bo‘lishdan ko‘proq narsa kiradi. Diniy e’tiqodi Muqaddas Kitobdagi aniq bilimga asoslanadi, busiz imon behudadir. (Rimliklarga 10:2, 3)

 E’tiqodi boshqa bo‘lgan kishilarga qo‘shilib Xudoga topinish Muqaddas Kitobda bitta bo‘yinturuqqa qo‘shilish bilan solishtirilgan. Bu Xudo xizmatchilarining imoniga ziyon keltiradi. (2 Korinfliklarga 6:14–17) Shu sababli, Iso payg‘ambar shogirdlari din bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga aralashmasligi kerakligini ta’kidlagan. (Matto 12:30; Yuhanno 14:6) Shu singari, Muso payg‘ambar orqali nozil qilingan Tavrotda ham isroilliklarga qo‘shni xalqlar bilan birga sig‘inish taqiqlangan edi. (Chiqish 34:11–14) Keyinchalik ham sadoqatli isroilliklar qo‘shni xalqlarning yordamini rad etishgan, chunki bu o‘zga din vakillari bilan diniy ittifoq tuzishga olib kelar edi. (Ezra 4:1–3)

Yahovaning Shohidlari dini boshqa kishilar bilan gaplashadimi?

 Ha. Darhaqiqat, e’tiqodi boshqa bo‘lgan insonlar bilan suhbatlashish uchun 2019-yili 2088560437 soat vaqtimizni bag‘ishlaganmiz. Biz havoriy Pavlus kabi «iloji boricha ko‘proq odamlar»ning fikrlash tarzini tushunib, ishongan narsalari haqida bilishga harakat qilamiz. (1 Korinfliklarga 9:19–22) Suhbat paytida Muqaddas Kitobdagi maslahatga chin dildan rioya qilib, boshqalarga «kamoli ehtirom» bilan muomala qilamiz. (1 Butrus 3:15)