Asosiy materiallarga o‘tish

Qo‘shma Shtatlaridagi Baytilga xush kelibsiz!

Qo‘shma Shtatlaridagi Baytilga xush kelibsiz!

Yahova Shohidlarining Qo‘shma Shtatlaridagi filialiga Vanuatudan kelgan bir juftlik shunday deb aytdi: «Baytilga borganimizdan keyin juda ko‘p ajoyib taassurotlarga ega bo‘ldik. Ularni butun umr qalbimizda saqlaymiz». Bu yerga har yili ekskursiyaga keladigan 70 mingdan ziyod insonlar shu kabi hissiyotlarni boshdan kechirishadi.

Siz-chi, Qo‘shma Shtatlaridagi Baytilga borganmisiz? Agar bormagan bo‘lsangiz, sizni chin dildan bu yerga taklif qilamiz.

Baytilning uchta binosida nima ko‘rish mumkin?

Bruklinda (Nyu-York) Bosh idora. Ekskursiya davomida, butun dunyo bo‘ylab xushxabar tarqatilishi uchun qanday faoliyat olib borilayotganini ko‘ra olasiz. Qolaversa, tomosha qilish uchun qo‘yilgan ikkita ko‘rgazma joyni tomosha qilishingiz mumkin. Ularning biri, Xudo xalqining birinchi asrdan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixi haqida bo‘lib, «Yahovaning ismi bilan atalgan xalq» deya nomlanadi. Ikkinchisi esa, «Muqaddas Kitob va ilohiy ism» — bu yerda Allohning ismi yozilgan Muqaddas Kitobning ko‘pdan-ko‘p tarjimalari joylashgan.

Pattersonda (Nyu-York) ta’lim dasturi. Ekskursiya paytida, bu yerda o‘tkazilayotgan quyidagi maktablar to‘g‘risida ko‘proq bilib olish mumkin: Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining Gilad nomli Muqaddas Kitob maktabi va Filial qo‘mita a’zolari va ularning xotinlari uchun maxsus ta’lim. Bundan tashqari, Baytilning turli bo‘limlarida, masalan, san’at, audio va video, yuridik hamda xizmat bo‘limlarida olib borilayotgan ish haqidagi ko‘rgazmali moslama va video lavhalarni ko‘rishingiz mumkin.

Uolkillda (Nyu-York) adabiyotni chop etish va jo‘natish. Muqaddas Kitob va unga asoslangan adabiyotlar qay yo‘sin chop etilishi, muqovalanishi va Qo‘shma Shtatlari, Karib dengizi orollari-yu dunyoning boshqa joylaridagi jamoatlarga jo‘natilishi borasida aytib beriladi.

Ekskursiyalar qancha vaqt davom etadi?

Bruklindagi ekskursiya taxminan bir, Pattersonda deyarli ikki, Uolkillda esa qariyb bir yarim soat davom etadi.

Ekskursiyalarni kim o‘tkazadi?

Baytilning turli bo‘limlarida xizmat qiladigan a’zolar bu ekskursiyalarni o‘tkazishadi. Ular buni, umumjahon ta’lim berish faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shish imkoni deb bilishadi. 2014-yili may oyida ushbu uchta yerda joylashgan binolarda 5 000 dan xizmat qilishgan. Ulardan taxminan 3 600 tasi ekskursiyani qanday o‘tkazish borasida ta’lim olgan. Bu ekskursiyalar deyarli 40 tilda olib boriladi.

Ekskursiya qancha turadi?

Bepul.

Ekskursiyalar faqatgina Yahovaning Shohidlari uchun bo‘ladimi?

Yo‘q. Baytilga Yahovaning Shohidlari ham, boshqa insonlar ham keladi. Barchasi, Yahova Shohidlarining umumjahon faoliyatining qo‘llab-quvvatlash ishi qanday tashkil etilishini bilib olishi mumkin.

Hindistonlik musulmon bir ayol Pattersonga tashrif buyurgach, quyidagicha dedi: «Men ham, shu kabi umumjahon bir oila a’zosi bo‘lishni istayman. Menga hurmat ila munosabat qilganinglar uchun katta rahmat».

Bolalarni ham olib borish mumkinmi?

Albatta! Baytilga tashrif buyurish bolalarda katta taassurot qoldiradi. Qo‘shma Shtatlaridan bo‘lgan Jon shunday deb yozdi: «Uyga qaytganimizdan keyin ham, biz bilan ekskursiyaga borgan bolalar tashrifimiz haqida tinmay gapirishgan. Bundan avval, ular Baytilda xizmat qilish qanday bo‘lishini to‘liq tushunishmagan. Hozir esa, u yerda xizmat qilish ularning maqsadiga aylangan».

Yahova Shohidlarining boshqa mamlakatlardagi filiallariga borsa bo‘ladimi?

Ha. O‘nlab mamlakatlardagi Baytillarda ekskursiyalar o‘tkaziladi. Manzillarni topish uchun, saytimizdagi «Filiallar va ekskursiyalar» sahifasiga kiring. Sizni, Yahova Shohidlarining filiallaridan biriga sidqidildan taklif qilamiz.