Asosiy materiallarga o‘tish

Qon quyish — Shifokorlar bu masalada qanday fikr bildirmoqda

Qon quyish — Shifokorlar bu masalada qanday fikr bildirmoqda

Yahovaning Shohidlari qon qo‘yishdan voz kechishgani uchun ko‘p yillar davomida tanqid qilib kelingan. Ammo ularning Muqaddas Kitobdagi «qondan saqlanish» amriga bo‘ysungani, bemorlari uchun samarali tibbiy muolaja borasidagi shifokorlarning nuqtai nazariga ba’zida qarama-qarshi bo‘lib chiqmoqda (Havoriylar 15:29).

Lekin tibbiyot mutaxassislari orasida qonsiz amaliyotdan foydalanishning ustunliklari haqida gapirishayotganini tez-tez eshitib tursa bo‘ladi.

Stanford universitetining tibbiyot fakulteti tomonidan 2013-yilning bahorida nashr etilgan bir jurnalda, qonga oid mavzuga alohida maqola bag‘ishlangan bo‘lib, u: «Qon ketishiga qarshi — Qon quyishdan voz kechishning ortida nima turibdi?» — deb nomlanardi. Uning muallifi Sara S. P. Uilyam shunday fikr bildirdi: «Oxirgi o‘n yil ichida o‘tkazilgan ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatyaptiki, butun dunyo bo‘ylab kasalxonalarda donor qonidan juda keng va katta miqdorda (bemorlarga keragidan ortiq) foydalanishardi. Bu ham jarrohlik va kasalxona bo‘limlariga ham tegishli».

Ushbu jurnalning muallifi, Pensilvaniya kasalxonasi Qonsiz amaliyot va jarrohlik markazining asoschisi va direktori Patrisiya M. D. Fordning so‘zlaridan parcha keltirgan edi. Doktor Ford shunday degan: «Agar insonga muayyan miqdorda qon qo‘yilmasa, o‘lishi tayin, axir bu, uning hayotini saqlashning... yagona yo‘li kabi fikrlash tarzi shifokorlarning miyasida o‘rnashib qolgan. Albatta muayyan vaziyatlarda bunday yo‘l tutish to‘g‘ri ham *, lekin aksariyat hollarda bemorlar bunday yordamga muhtoj emaslar».

Doktor Ford har yili qariyb 700 ta Yahovaning Shohidlarini davolaydi va u shunday deydi: «Boshida men suhbatlashgan ko‘pgina shifokorlar, aksariyat bemorlarni qon qo‘yish bilangina qutqarib qolish mumkin deb o‘ylashardi. Qisman men ham shunday fikrda edim. Lekin o‘sha bemorlarga oddiy usullardan foydalanib ham, yordam ko‘rsata olish mumkinligiga men qayta-qayta amin bo‘lganman».

2012-yil avgust oyi sonidagi tibbiyotga oid bir jurnalda, faqatgina bitta davolash muassasasida 28-yil davomida yuragiga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarning ahvolini tadqiq qilib, natijasi nashr etilgan. Yahovaning Shohidlari qon qo‘yilgan bemorlarga qaraganda, o‘zlarini yaxshi his qilib, sog‘ligini o‘nglab olish ehtimoli ko‘proq bo‘lgan. Va bu ko‘rsatgich 20-yil davomida qon quyilgan bemorlar bilan solishtirilganda ham o‘zgarmagan edi («Arshives of Internal Medisine»).

2013-yil 8-aprel sonidagi bir jurnalda, shunday yozilgan: «Ko‘p yillar davomida qonsiz jarrohlik amaliyoti — donor qonisiz operatsiya qilish — e’tiqodi sababli qondan voz kechgan bemorlarda o‘tkazib kelingan». Bugunki kunda esa kasalxonalarda davolanishning bunday usulidan juda keng foydalanmoqda. Qonsiz amaliyot o‘tkazishda katta tajribasi bo‘lgan jarrohlarning fikricha, bunday usul qonni sotib olish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish va qo‘yish kabi xarajatlarni kamaytirishdan tashqari, qon quyish bilan bog‘liq xavf va undan keyingi asoratlarni (shuning dastidan kasalxonda uzoq qolgan) anchaga kamaytiradi («The Wall Street Journal»).

Klivlend kasalxonasi qon bo‘limining rahbari Robert Lorenz, quyidagilarni aytdi: «Xayolingizga bemorga yordam berish uchun darhol qon quyish kerak degan fikr kelishi mumkin. Lekin uzoq vaqt tekshirilgan tajribadan aksini ko‘rsa bo‘ladi».

^ 5- x.b. Yahova Shohidlarining qonga nisbatan nuqtai nazari haqida «Ko‘pchilikni qiziqtiradigan savollar — Nima uchun qon quymaysizlar?» nomli maqolaga qarang