Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

82-QO‘SHIQ

Nuringiz porlab tursin

Nuringiz porlab tursin

(Matto 5:16)

  1. 1. Siz Iso amri-la

    Nur yoying har dam,

    Bo‘lsin u quyoshdek

    Hammaga ravshan.

    Rab So‘zi qilgaydir

    Har qalbni sokin.

    Yah haqda ta’lim berib,

    Aks eting nurin.

  2. 2. Va’z qiling g‘ayrat-la,

    Tinglasin ellar,

    Porlasin ular-chun

    Siz aytgan xabar.

    Haq yo‘lga eltgaydir

    Nur to‘la Kalom.

    Bu yo‘ldan yurmoq yo yo‘q —

    Tanlasin inson.

  3. 3. Durdek nur sochgaydir

    Pok, ezgu ishlar

    Va chiroy qo‘shgaydir

    Har so‘zga ular.

    Yog‘ilsin hamisha

    Nur-ziyo sizdan,

    Rab buni ma’qul ko‘rgay

    Va bo‘lgay xurram.