Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

40-QO‘SHIQ

Kimga tobe bo‘lding?

Kimga tobe bo‘lding?

(Rimliklarga 14:8)

  1. 1. Kimga tobe bo‘lding?

    Kimning tarafin olding?

    Kimga bosh egib, xizmat qilsang,

    O‘sha erur sening Egang.

    Qilolmaydi xizmat

    Ikki xudoga inson.

    So‘rab qalbingdan, qaror qil o‘zing:

    «Kimga men qulman hamon?»

  2. 2. Kimga tobe bo‘lding?

    Kimga qilasan sajda?

    Biri — haq Xudo, biri — yolg‘on,

    Turgaysan qay biri tomon?

    Ushbu dunyo hanuz

    Etgaymi shaydo diling?

    Suygaymisan yo qodir Tangrini,

    Berib o‘z jon-u jahding?

  3. 3. Kimga tobe bo‘ldim?

    Erur Yahova Rabbim.

    Xizmat qilaman faqat Unga,

    Sodiq qolib har bir ahdga.

    Ozod etdi meni,

    Qilib O‘z O‘g‘lin qurbon.

    Butun umrimni Unga bag‘ishlab,

    Shonin yoygayman har on.