Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

30-QO‘SHIQ

Do‘stim, Otam va Rabbim

Do‘stim, Otam va Rabbim

(Ibroniylarga 6:10)

  1. 1. Bu shafqatsiz dunyoda

    Biz chekamiz dard-alam, fig‘on.

    Lek Rab bilan gar yursak,

    Hayot bo‘lmas xazon.

    (NAQAROT)

    Sevgim esga olgaysan,

    Axir odilsan, ey Yahova.

    Har vaqt Hamdam bo‘lgaysan,

    Yog‘dirgaysan mehring menga.

    Mudom panoh bergaysan,

    Valine’matsan, g‘amxo‘r Tangrim,

    Chin Do‘stimsan va Otamsan,

    O‘zing Rabbim.

  2. 2. Yosh kezlarim ham o‘tdi,

    Ne qayg‘ular qalbimni ezdi.

    Lek mustahkam imonim

    Erur umid nurim.

    (NAQAROT)

    Sevgim esga olgaysan,

    Axir odilsan, ey Yahova.

    Har vaqt Hamdam bo‘lgaysan,

    Yog‘dirgaysan mehring menga.

    Mudom panoh bergaysan,

    Valine’matsan, g‘amxo‘r Tangrim,

    Chin Do‘stimsan va Otamsan,

    O‘zing Rabbim.

(Shuningdek, Zab. 71:17, 18 ga qarang.)