Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

28-QO‘SHIQ

Yahova, kim do‘sting erur?

Yahova, kim do‘sting erur?

(Zabur 15)

  1. 1. Rab, kim do‘sting erur?

    Kim mehmoning bo‘lur?

    Kim sazovor buyuk sevgingga?

    Kim Seni zo‘r bilur?

    Kimki So‘zing sevsa,

    Haq yo‘lingdan yursa,

    Kimki Senga umid bog‘lasa

    Va insofli bo‘lsa.

  2. 2. Rab, kim erur do‘sting?

    Kim shod etur qalbing?

    Kim tog‘ingda yashash-chun loyiq?

    Kim zabt etgay mehring?

    Kimki shoning yoysa,

    Rost gapirib yursa,

    Kimki So‘zing ila yashasa,

    Pok va sodiq qolsa.

  3. 3. Qalb hasratin, Tangri,

    Biz to‘kamiz Senga.

    Doim g‘amxo‘rsan, lutf aylaysan,

    Sensan Qo‘ldosh bizga.

    Chin Do‘stimiz O‘zing,

    Yo‘qdir bunda tenging.

    Shu do‘stlikni mangu saqlaymiz,

    Madh etamiz isming.

(Shuningdek, Zab. 139:1; 1 Butr. 5:6, 7 ga qarang.)