Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

14-QO‘SHIQ

Yerning yangi Shohini madh etaylik

Yerning yangi Shohini madh etaylik

(Zabur 2:12)

  1. 1. Bugun yig‘ar ulkan xalqni

    Iso shohlar nasli-la,

    Turli eldan qalbi pokni

    Chorlab Alloh izmi-la.

    Masih ko‘kda qilar shohlik,

    Bu baxsh etar yerga shodlik.

    Berar tasalli ushbu umid,

    To‘ldirar qalbni quvonch-la.

    (NAQAROT)

    Madh eting Rabni, sano kuylang O‘g‘li-chun,

    Zero u Shoh va Oliy Hazrat.

    Jo‘r ovoz-la hamd ayting Isoga,

    Dildan bo‘ysunib unga.

  2. 2. Masih uchun olqish kuylang,

    Maqtab uni baralla.

    U tez kunda Hakam bo‘lar,

    Siylar bizni najot-la.

    Oz vaqt qoldi, jannat kelar,

    Shunda qo‘rquv barham topar.

    O‘lgan insonlar hayot bo‘lar,

    Yuraklar jo‘shar sevinch-la!

    (NAQAROT)

    Madh eting Rabni, sano kuylang O‘g‘li-chun,

    Zero u Shoh va Oliy Hazrat.

    Jo‘r ovoz-la hamd ayting Isoga,

    Dildan bo‘ysunib unga.

(Shuningdek, Zab. 2:6; 45:1; Ishayo 9:6; Yuhan. 6:40 ga qarang.)