Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

133-QO‘SHIQ

Yahovaga yoshlikdan xizmat qiling

Yahovaga yoshlikdan xizmat qiling

(Voiz 12:1)

  1. 1. Ey, navqiron yigitlar-u qizlar,

    Qunt ila va’z qilyapsiz xushxabar.

    Rab Yahova sizlarni ardoqlar,

    Mo‘l barakat-la albat taqdirlar.

  2. 2. Doim g‘amxo‘rsiz ota-onaga

    Va hurmatda bo‘lyapsiz ularga.

    Rab bu uchun chin dildan quvonar,

    O‘z lutfini sizlarga ko‘rsatar.

  3. 3. Yosh paytingiz Allohni unutmang,

    Nur, haqiqat yo‘lidan hech qaytmang.

    Eng a’losin Yahova-chun bering,

    Har kun qalbin shodlikka to‘ldiring.

(Shuningdek, Zab. 71:17; Marsiya 3:27; Efes. 6:1–3 ga qarang.)