Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

106-QO‘SHIQ

Sevgiga burkanaylik

Sevgiga burkanaylik

(1 Korinfliklarga 13:1–8)

  1. 1. Tangri a’lo namuna bizga,

    Taqlid qilmoq istaymiz Unga.

    Uning O‘zi muhabbat erur,

    Ruhi sevgidek meva berur.

    So‘nsa sevgi uchquni agar,

    Inson qadri bir tiyin bo‘lar.

    Shunga so‘rab sevgini Rabdan,

    Ehson etgaymiz uni dildan.

  2. 2. Sevgi hamisha shafqat aylar,

    O‘zga inson foydasin ko‘zlar.

    Sevgi aybni kechirar albat,

    Qalbda gina saqlamas hech vaqt.

    Qaynoq sevgi bardoshli bo‘lar,

    Og‘ir paytda yordamga kelar.

    U har turli g‘ovlarni yengar,

    Mangu turib, tantana qilar.

(Shuningdek, Yuhan. 21:17; 1 Kor. 13:13; Galat. 6:2 ga qarang.)