Yuhanno 11:1-57

  • Lazarning o‘limi (1-16)

  • Iso Marta va Maryamga tasalli beradi (17-37)

  • Iso Lazarni tiriltiradi (38-44)

  • Isoni o‘ldirishga til biriktirishadi (45-57)

11  Maryam va uning opasi Marta yashaydigan Baytaniya qishlog‘ida Lazar ismli kishi kasal bo‘lib qolgandi+.  Hazratga xushbo‘y moy surtib, so‘ng esa sochlari bilan uning oyoqlarini artgan ayol, o‘sha Maryam edi+. Kasal bo‘lgan Lazar esa uning akasi* edi.  Shunda uning singillari Isoga: «Hazrat, yaqin do‘stingiz kasal bo‘lib qoldi»,— degan xabar jo‘natishdi.  Iso buni eshitib, shunday dedi: «Ushbu kasallikning oxiri o‘lim bilan emas, aksincha, Allohning sharaflanishi bilan tugaydi+, toki Xudoning O‘g‘li ham bu orqali ulug‘lansin».  Iso Martani, uning singlisini hamda Lazarni yaxshi ko‘rar edi.  Lazarning kasal ekanini eshitgan bo‘lsa ham, Iso o‘sha joyda yana ikki kun qoldi.  So‘ng u shogirdlariga: «Yuringlar, yana Yahudiyaga boramiz»,— dedi.  Ular Isoga: «Ustoz+, o‘zi yaqinda yahudiylar sizni toshbo‘ron qilmoqchi edilar-ku+, siz yana u yerga bormoqchimisiz?!» — deb so‘rashdi.  Iso ularga javob berib: «Kun 12 soatdan iborat emasmi?+ Kunduzi yurgan odam hech narsaga qoqilmaydi, chunki dunyoning nurini ko‘radi. 10  Kechasi yurgan kishi esa biror narsaga qoqiladi, negaki unda nur yo‘q»,— dedi. 11  Bularni aytgach, u yana dedi: «Do‘stimiz Lazar uxlab qoldi+. Ammo men uni uyg‘otgani ketyapman». 12  Shunda shogirdlar: «Hazrat, agar u uxlab qolgan bo‘lsa, sog‘ayib ketadi»,— deyishdi. 13  Iso uning o‘limi haqida gapirgandi, shogirdlar bo‘lsa oddiy uyqu haqida aytyapti deb o‘ylashdi. 14  Keyin Iso ularga ochig‘ini aytdi: «Lazar vafot etdi+. 15  Men o‘sha yerda yo‘q edim va sizlar uchun xursandman, chunki shu orqali imoningiz yanada kuchli bo‘ladi. Qani ketdik, uning oldiga boraylik». 16  Shunda Egiz laqabli To‘ma boshqa shogirdlarga: «Qani yuringlar, biz ham u bilan o‘lamiz!»+ — dedi. 17  Iso u yerga kelib, Lazarni qabrga qo‘yganlariga to‘rt kun bo‘lganini bildi. 18  Baytaniya Quddusga yaqin bo‘lib, qariyb uch kilometr* narida joylashgandi. 19  Shu sababli ko‘pgina yahudiylar, akasi o‘lgani uchun Marta bilan Maryamga tasalli bergani kelishgandi. 20  Marta Isoning kelayotganini eshitib, unga peshvoz chiqdi. Maryam+ esa uyda qoldi. 21  Marta Isoga dedi: «Hazrat, agar siz bu yerda bo‘lganingizda edi, akam o‘lmasdi. 22  Shunday bo‘lsa-da, Allohdan nimaiki so‘rasangiz, Alloh sizga berishini bilaman». 23  Iso javoban: «Akangiz tiriladi»,— dedi. 24  Marta esa: «Bilaman, oxirgi kunda, o‘lganlar hayotga qaytgan paytda tiriladi»+,— deb aytdi. 25  Iso unga dedi: «Men tirilish va hayotdirman+. Menga ishongan kishi o‘lsa ham, yana hayotga qaytadi. 26  Yashayotgan va menga ishongan har qanday kishi hech qachon o‘lmaydi+. Siz bunga ishonasizmi?» 27  «Ishonaman, Hazrat,— dedi Marta,— siz dunyoga kelishi kerak bo‘lgan Xudoning O‘g‘li — Masihsiz». 28  Ushbu so‘zlarni aytgach, u singlisi Maryamni chaqirgani bordi. Hech kimga bildirmasdan unga: «Ustoz+ shu yerda, seni chaqiryapti»,— deb aytdi. 29  Buni eshitgan Maryam darrov o‘rnidan turdi-da, uning oldiga bordi. 30  Iso hali qishloqga kirmagandi. Hali ham Marta uni qarshilagan joyda turgan edi. 31  Tasalli berish niyatida kelgan hamda uyda Maryam bilan birga bo‘lgan yahudiylar, uning tezda o‘rnidan turib ketganini ko‘rib, orqasidan ergashishdi. U qabr boshiga+ yig‘lagani ketyapti deb o‘ylashdi. 32  Maryam Iso turgan yerga yetib kelib uni ko‘rdi-yu, oyoqlariga o‘zini tashlab, unga dedi: «Hazrat, shu yerda bo‘lganingizda edi, akam o‘lmasdi». 33  Maryam va u bilan kelgan yahudiylarning yig‘layotganini ko‘rgach, Iso ruhan ezilib, chuqur xo‘rsindi. 34  So‘ng ulardan so‘radi: «Uni qayerga qo‘ydingizlar?» Ular: «Hazrat, yuring ko‘rsatamiz»,— deb javob berishdi. 35  Isoning ko‘zidan yosh oqdi+. 36  Shunda yahudiylar: «Qaranglar, uni qanchalik yaxshi ko‘rar ekan-a!» — deyishdi. 37  Ammo ulardan ayrimlari: «Ko‘rning ko‘zlarini ochgan bu kishi+, nahotki uning o‘lmasligi uchun chora ko‘rolmagan bo‘lsa?» — deb aytishardi. 38  Iso yana chuqur xo‘rsindi-da, qabr boshiga keldi. Qabr bir g‘or bo‘lib, uning og‘ziga tosh qo‘yilgan edi. 39  Iso: «Toshni yumalatinglar!» — dedi. Marhumning singlisi Marta unga: «Hazrat, u hidlanib qolgan bo‘lsa kerak, axir qabrga qo‘yganimizga to‘rt kun bo‘ldi-ku»,— deb aytdi. 40  Iso unga dedi: «Agar ishonsangiz, Xudoning ulug‘vorligini ko‘rasiz+, demaganmidim?» 41  Toshni olib qo‘yishgach, Iso ko‘zlarini osmonga tikib+, shunday dedi: «Ota, meni eshitganing uchun Sendan minnatdorman. 42  Meni doimo eshitishingga aminman, lekin atrofimdagi odamlar meni Sen yuborganingga ishonishlari uchun buni aytdim»+. 43  Bu so‘zlarni aytgach, Iso baland ovozda: «Lazar, tashqariga chiq!»+ — dedi. 44  Shunda oyoq-qo‘llari kafan bilan o‘ralgan, yuzi esa ro‘mol bilan o‘ralgan jasad chiqib keldi. Iso ularga: «Yura olishi uchun kafanini yechinglar»,— deb aytdi. 45  Maryamning oldiga kelgan ko‘p yahudiylar buni ko‘rib, Isoga ishonishdi+. 46  Ulardan ba’zilari Isoning qilgan ishini farziylarga yetkazishdi. 47  Bundan keyin bosh ruhoniylar va farziylar Oliy Kengashni* yig‘ib, shunday deyishdi: «Nima qilsak ekan? Axir bu odam ko‘p mo‘jizalar yaratyapti-ku!+ 48  Agarda buni shundayligicha qoldirsak, hamma unga ishonadi. Shunda rimliklar kelib, joyimizni* ham, xalqimizni ham bosib oladi». 49  Ulardan biri, o‘sha yili oliy ruhoniy bo‘lgan Kayafa+ so‘z ochib dedi: «Sizlar hech narsani anglamayapsizlar. 50  Butun millat halok bo‘lganidan ko‘ra, bitta kishi xalq uchun o‘lishi siz uchun yaxshiroq ekanini o‘ylamadingizmi?!» 51  Bu so‘zlarni esa u o‘zidan aytgani yo‘q. U o‘sha yili oliy ruhoniy bo‘lgani sababli, Isoning xalq uchun o‘lishini bashorat qildi. 52  Iso xalq uchungina emas, balki Xudoning tarqoq farzandlarini birga yig‘ish uchun ham o‘lishi kerak edi. 53  O‘sha kundan boshlab ular Isoni o‘ldirishga kelishib olishdi. 54  Shu bois Iso yahudiylar orasida ochiqchasiga yurmaydigan bo‘ldi. U sahro yaqinidagi Efrayim+ nomli shaharga ketdi va o‘sha yerda shogirdlari bilan qoldi. 55  Bu orada yahudiylarning Fisih bayrami+ yaqinlashgan edi. Odamlar mamlakatning turli yerlaridan qoidaga ko‘ra bayramdan oldin poklanish uchun Quddusga kelishardi. 56  Ular Isoni izlay boshlashdi va ma’badda turib bir-birlariga: «Nima deb o‘ylaysizlar, u bayramga kelarmikin?» — deyishardi. 57  Bosh ruhoniylar-u farziylar uni tutib olish uchun: «Kimda-kim uning qayerdaligini bilib qolsa, bizga xabar bersin»,— deb buyurishdi.

Izohlar

Yunonchada u katta yoki kichikligi aniq ko‘rsatilmagan.
So‘zma-so‘z «qariyb 15 stadiya». Ilovaning B14 mavzusiga q.
Yun. Sinedrion. Lug‘atga q.
Ya’ni ma’badni.