Hikmatlar 23:1-35
23 Shoh bilan dasturxon atrofida o‘tirganingda,Oldingdagi hamma narsaga diqqatli bo‘l.
2 Ishtahang karnay bo‘lsa,Bo‘g‘zingga pichoq tira*.
3 Uning noz-ne’matini ko‘ngling tusamasin,Chunki ular aldamchi taomlardir.
4 Boylik ko‘paytiraman deb zo‘riqma+,
Biroz to‘xtab, fahm-farosatni ishga sol*.
5 Boylikka nazar solgan zahoting, u g‘oyib bo‘ladi+,Burgutday qanot yozib, osmonga uchib ketadi+.
6 Qizg‘anchiq odamning taomini yema,Uning noz-ne’matini ko‘ngling tusamasin.
7 Zero, u uchun bari hisoblidir.
Senga: «Yeb-iching»,— desa-da, dilidagi niyati boshqa.
8 Shunda yegan luqmangni qayt qilasan,Maqtovli so‘zlaring ham bekor ketadi.
9 Nodonga gapirib o‘tirma+,Chunki u hikmatli so‘zlaringni pisand qilmaydi+.
10 Qadimda o‘rnatilgan chegarani siljitma+,Yetim-yesirlarning dalasiga kirma.
11 Zero, ularning Himoyachisi qudratlidir,Senga qarshi qilgan shikoyatlariga U chora ko‘radi+.
12 Qalbingni ta’lim-tarbiyaga,Qulog‘ingni bilimga och.
13 Boladan ta’lim-tarbiyani ayama+,
Uni tayoq bilan ursang o‘lmaydi.
14 Bolani tayoq bilan jazolasang,Uni o‘limdan* saqlab qolasan.
15 O‘g‘lim, qalbingda donolik bo‘lsa,Mening ham ko‘nglim quvonchga to‘ladi+.
16 Tilingdan to‘g‘ri so‘zlar chiqqanda,Butun vujudim* shodlanadi.
17 Qalbingda gunohkorlarga hasad qilma+,Har kuni Yahovadan qo‘rqib yasha+.
18 Shunda kelajaging porloq bo‘ladi+,Umiding ham puchga chiqmaydi.
19 O‘g‘lim, quloq solib dono bo‘l,Qalbingni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltir.
20 Sharobga ruju qo‘yganlarga+,Go‘shtni bo‘kib yeydiganlarga qo‘shilma+.
21 Ichkilikboz va ochofat qashshoqlikka uchraydi+,Uyquchilik juldur kiyim kiydiradi.
22 Seni dunyoga keltirgan otangga quloq sol,Qarib qoldi deb onangni xor qilma+.
23 Haqiqatni xarid qil, uni sotib yuborma+,Donolik, ta’lim-tarbiya va zakovatni ham sotib ol+.
24 Odil kishining otasi shod bo‘ladi,Dono o‘g‘ilning otasi ham quvonadi.
25 Ota-onang xursand bo‘ladi,Seni dunyoga keltirgan onang sevinadi.
26 O‘g‘lim, butun qalbing bilan meni eshit,Ko‘zlaring yo‘llarimdan zavqlansin+.
27 Chunki fohisha chuqur choh kabi,Axloqsiz ayol tor quduqdaydir+.
28 U xuddi o‘g‘riday poylab yotadi+,Bevafo erkaklar sonini ko‘paytiradi.
29 Qayg‘u chekkan kim? Tashvish tortgan kim?Janjal qilgan kim? Noligan kim?
Sababsiz jabrlangan kim? Ko‘zlari qizargan* kim?
30 Sharob ichib uzoq o‘tiradiganlar+,O‘tkir sharob izlaydiganlardir.
31 Sharobning qizil rangiga,Qadahda tovlanib turishi-yu yoqimli ichilishiga qarama.
32 Oxiri u ilondek chaqadi,Qora ilon kabi zahrini sochadi.
33 Ko‘zlaring g‘alati narsalarni ko‘radi,Dilingdan yomon so‘zlar chiqadi+.
34 O‘zingni dengizning qoq o‘rtasida,Kema ustunida yotganday his qilasan.
35 «Meni urishdi, lekin his qilmadim.
Meni savalashdi, ammo sezmadim.
Qachon uyg‘onar ekanman?!+
Yana ichardim»,— deysan.
Izohlar
^ Yoki «nafsingni tiy».
^ Boshqa variant «o‘z aqlingga tayanma».
^ Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atdagi «mozor» so‘ziga q.
^ So‘zma-so‘z «buyraklarim».
^ Yoki «xiralashgan».