Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Sevgini namoyon eting

Sevgini namoyon eting

Muammo

Yuzxotirchilik hissi o‘z-o‘zidan yo‘qolib qolmaydi. Virus bilan bo‘lganidek, yuzxotirchilik hissidan xalos bo‘lish uchun vaqt hamda harakat talab etiladi. Ichingizdagi yuzxotirchilikdan ozod bo‘lish uchun nima qila olasiz?

Muqaddas Kitobdagi prinsip

«Insonlarni yetuk darajada birlashtiradigan sevgi fazilatiga burkaninglar». (KOLOSALIKLARGA 3:14)

Bu oyatdan nimani o‘rgansak bo‘ladi? Boshqalarga yaxshilik qilish odamlarni birlashtiradi. O‘zgalarga qancha ko‘p sevgini namoyon etsangiz, ularga shuncha kamroq yuz-xotir qilasiz. Odamlarga ko‘proq mehr ko‘rsatsangiz, bu ularga bo‘lgan salbiy tuyg‘ularingizni yengishga ko‘maklashadi.

Nima qilishingiz mumkin?

Ehtimol, siz muayyan guruh vakillariga nisbatan salbiy fikrdasiz. Ularga qay yo‘sin sevgini namoyon etishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Bu uchun qandaydir murakkab xatti-harakatlar qilish shart emas. Masalan, quyidagilardan bir-ikkitasini qilib ko‘rishingiz mumkin:

Har safar kichik ishda sevgini ko‘rsatganingizda, yuzxotirchilikdan uzoqlashayotgan bo‘lasiz

  • O‘sha guruh a’zolariga nisbatan xushfe’l bo‘ling. Misol uchun, ulardan biriga eshikni ochib bering yoki jamoat transportida yurganingizda joyingizni taklif qiling.

  • Garchi ular tilingizda ravon gapira olmasa-da, ular bilan biroz suhbat qurishga harakat qiling.

  • Hatto ularning ba’zi xatti-harakatlarini tushunmasangiz ham, ularga sabrli bo‘ling.

  • Ular o‘z muammolari haqida aytib berishganida, ularga hamdardlik ko‘rsating.