Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Kelajagingiz o‘z qo‘lingizda

Kelajagingiz o‘z qo‘lingizda

Qariyb 3 500-yil oldin Tangri Yahova O‘z xizmatchilariga porloq kelajakka erishish uchun nima qilish kerakligi borasida shunday degan: «Sizlarga hayotni va o‘limni, baraka va la’natni taklif qilyapman. O‘zlaringiz ham, avlodlaringiz ham yashashi uchun, hayotni tanlanglar». (Qonunlar 30:19)

Kelajagi porloq bo‘lishi uchun o‘sha odamlar to‘g‘ri tanlov qilishlari kerak edi. Bugungi kunda bizda ham shunday tanlov bor. Muqaddas Kitobda porloq kelajakka erishish uchun nima qilishimiz lozimligi quyidagicha tushuntirilgan: «Allohingiz Yahovani sevib, Unga quloq solinglar». (Qonunlar 30:20)

QAY YO‘SIN YAHOVANI SEVISHIMIZ VA UNGA QULOQ SOLISHIMIZ MUMKIN?

MUQADDAS KITOBDAN BILIM OLING. Xudoga bo‘lgan sevgini rivojlantirish uchun, avvalambor, Muqaddas Kitobdan U haqda bilim olishingiz lozim. Shunday qilganingiz sayin, U mehribon Xudo ekanini va sizga eng yaxshisini tilashini bilib olasiz. Qolaversa, U sizga «g‘amxo‘rlik qilishni» istaydi. (1 Butrus 5:7) Shuning uchun sizni Unga ibodatda murojaat qilishga undayapti. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Xudoga yaqinlashishga harakat qilsangiz, U ham sizga yaqinlashadi. (Yoqub 4:8)

BILIB OLGANLARINGIZNI AMALDA QO‘LLANG. Xudoga quloq solish Uning Muqaddas Kitobdagi dono yo‘l-yo‘riqlariga amal qilishni anglatadi. Ularga rioya qilganingiz sayin, «donolik bilan yo‘l tutib muvaffaqiyatga erishasiz». (Yoshua 1:8)