Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Xudoning Shohligi o‘zi nima?

Xudoning Shohligi o‘zi nima?

Ko‘plab odamlar Xudoning Shohligi kelishi haqida ibodat qilishadi. Siz-chi, Xudoning Shohligi o‘zi nima ekani va u nimalarni amalga oshirishi borasida hech qiziqib ko‘rganmisiz?

ALLOHNING KALOMIDA NIMA DEYILGANIGA E’TIBOR QARATING:

  • Xudoning Shohligi o‘zi nima?

    Bu — Shoh Iso boshqaruvidagi samoviy hukumatdir. (Ishayo 9:6, 7; Matto 5:3; Luqo 1:31–33)

  • Xudoning Shohligi nimalarni amalga oshiradi?

    U barcha yovuzliklarga chek qo‘yib, yer yuzi aholisiga abadiy tinchlik keltiradi. (Doniyor 2:44; Matto 6:10)

  • Xudoning Shohligini birinchi o‘ringa qo‘yish nimani anglatadi?

    Bu Xudoning Shohligini qo‘llab-quvvatlashni va faqatgina u Xudoning niyatiga muvofiq sharoitlar yaratishiga ishonishni o‘z ichiga oladi. (Matto 6:33; 13:44)