Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Hayot qiyinchilikka to‘lganda

Hayot qiyinchilikka to‘lganda

HAYOTDA hammasi silliq kechsa xotirjam yashaysiz. Ammo hayotingiz qiyinchilikka to‘la bo‘lsa-chi?

Misol uchun, Qo‘shma Shtatlarda yashovchi Salli * bo‘ronda bor-budini yo‘qotgan. U shunday deb bo‘lishdi: «O‘zimni ortiq hech nimani ko‘tara olmaydigandek his qilgandim. Bo‘ldi, bardoshim yetmaydi deb o‘ylagandim».

Yaqin insonimiz hayotdan ko‘z yumsa-chi? Avstraliyada yashovchi Jeynis shularni aytdi: «Ikkita o‘g‘limdan ayrilganimda hayotim chilparchin bo‘ldi. Men bu parchalarni yig‘ishga harakat qilayotganday edim. Xudoga yolvorib: “Hayotdan to‘yib ketdim. Qaniydi, uxlasam-u qayta uyg‘onmasam”,— dedim».

Yana bir misolni olaylik, Denielning xotini unga xiyonat qilganida, u qattiq tushkunlikka tushgan edi. U shunday dedi: «Xotinim menga xiyonat qilganini tan olganida, yuragimga xanjar sanchilganday bo‘ldi. Butun badanim qaqshab og‘rirdi. Bu hol bir necha oy davom etdi».

«Qo‘riqchi minorasi»ning ushbu sonida quyidagi fojialarga duch kelganda ham hayot yashashga arzishini ko‘rib chiqamiz:

Keling avval, tabiiy ofat yuz berganda qanday qilib bardoshli bo‘lishimiz mumkinligini muhokama qilaylik.

^ Ushbu maqolalar turkumida ba’zi ismlar o‘zgartirilgan.